Ơzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

«Toshkent shahrida yơlovchi transporti tizimini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tơğrisida» 

31.01.2006 yildagi 11-son.

 

3-ILOVA

Toshkent shahrida yơlovchilar tashish yơnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil  eetish va ơtkazish tơğrisida

NIZOM

Umumiy  qoidalar

1. Ushbu Nizom Toshkent shahrida yơlovchilar tashish yơnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil  etish tartibi va ularni ơtkazish shartlarini belgilaydi hamda avtotransport vositalari bilan yơlovchilar tashish uchun majburiy hisoblanadi.

2. Tashuvchiga tender ơtkazilmasdan yơnalishda ishlash huquqining birkitilishiga yơl qơyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

Yayangi yơnalish ochilgandan keyin uch-tơrt oy mobaynida  yangi yơnalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;

kơcha-yơl tarmoğida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yơnalishlar joriy  etilishi;

yơnalishlarning tashkilotlar bu rtmalari bơyicha soatbay haq tơlash asosida bajarilishi;

dam olish zonalari, sport-soğlomlashtirish komplekslari,  yarmarkalarning faoliyat kơrsaetish davrida mavsumiy yơnalishlar tashkil  etilishi;

maxsus yơnalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib keetish kabilar uchun) tashkil  etish.

3. Tender savdolarida  yuridik shaxs maqomiga  ega bơlgan tashuvchilar, shu jumladan xususiy tashuvchilar ishtirok  etishlari mumkin.

Tender savdolarida ta'sis hujjatlari, moliyaviy ishtirok  etish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan, bevosita bir-biri bilan tashkiliy-huquqiy yoki moli viy boğliq bơlgan tashuvchilarning muqobil talabgor sifatida ishtirok  etishi taqiqlanadi.

4. Quyidagi hollarda Toshkent shahar hokimligi Yơlovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyiyangi ơrinlarda matnda — Departament deb  yuritiladi) ochiq tenderlar buyurtmachisi va tashkilotchisi hisoblanadi hamda:

yơlovchilarning barqaror oqimi hamda harakat xavfsizligini ta'minlaydigan shart-sharoitlar, yơnalishning texnik-foydalanish kơrsatkichlari, shu jumladan haydovchilar tarkibiga talablar mavjud bơlgan, yơnalish tơğrisida asosiy ma'lumotlar tavsifi kơrsatilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan yơnalish hujjatlariga  ega bơlgan  yangi yơnalishlar ochilgan;

Departament va tashuvchi ơrtasidagi yơlovchilar tashishning amaldagi yơnalishiga xizmat kơrsaetish bơyicha shartnoma (kontrakt) tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilingan hollarda tender ơtkazish tơğrisida qaror qabul qiladi.

Ochiq tenderlarni tashkil  etish va ơtkazish hamda kontraktlar tuzish  muvofiq sxema bơyicha amalga oshiriladi.

5. Tenderga yơnalishlar alohida-alohida yoki paketda qơyiladi. Yơnalishlar paketlarini shakllantirishda yơnalishlarning ahami tliligi va ularning rentabelligi hisobga olinadi. Paketga rentabelli yơnalishlar bilan birga aholiga xizmat kơrsaetish uchun zarur ijtimoiy yơnalishlar ham kiritiladi.

6. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud bơlgan taqdirda ơtkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud bơlmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Departament ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil  etishi kerak, bunda yơnalishlar paketiga yoki yơnalishga qơyiladigan talablarning qayta kơrib chiqilishiga yơl qơyiladi.

Agar takroriy tenderni ơtkazishda yơnalishga (yơnalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor bơlsa, tender komissiyasi ushbu tashuvchiga yơnalishda (yơnalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qơyilayotgan talablarga muvofiq bơlgan taqdirda birkitib qơyish huquqiga  egadir.

Batafsil

Tender  g`olibi  guvohnomasi namunasi