Toshkent  shahar  hokimligi   Yơlovchi  transportining  barcha  turlari harakatini   lisenziyalash    va   muvofiklashtirish   departamenti    (keyingi ơrinlarda      Departament      deb . ataladi)      Ơzbekiston  Respublikasi , Prezidentining   «Toshkent  shahrida   yơlovchi  transportini  tashkil etish tizimini  yanada takomillashtirish tơg`risida»

 2006 yil 11-yanvardagi PF-3713-C9H Farmoniga, O`zbekistan Respublikasi Prezidentining, «Toshshahartransxizmat»    uyushmasi     hamda   Toshkent   shahar    hokimligi , Yơlovchi    transportining  barcha  turlari    harakatini    lisenziyalash   va muvofiklashtirish departamenti faoliyatini tashkil  etish tơğrisida» 2006 : yil 18  yanvardagi PQ-262-son qaroriga muvofiq tashkil  etilgan va Toshkent  shahar   hokimligining   transport   sohasida   lisenziyalash,    boshqarish   va muvofiklashtirish, marketing tadqiqotlarini tashkil  etish va yơnalishlar tarmoğini   maqbullashtirish,   yơlovchilar  tashish   bozorida   mulkchilikning barcha shakllaridagi  yơlovchi tashuvchilarning  erkin  raqobati  uchun  shart-sharoitlar  yaratish,  yơlovchilar   tashish xavfsizligini ta'minlagan holda kơrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga va yơnalishlarning ish jadvallariga rio  qilish. haydovchilar tarkibining transport vositalarini saqlashdan    manfaatdorlngini    oshirnsh    masalalarini    hal    qilish    uchun vakolatli tarkibiy bơlinmasi   xisoblanadi.

Departament  asosiy  vazifalari:

  • barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo’nalishlar tarmog’ini tartibga solish va maqbul holga   keltirish, litsenziyalar berish va yo’lovchi tashish yo’nalishlarini qat’iy tender asosida belgilash huquqiga ega bo’lgan holda shaharda yo’lovchi tashish bo’yicha buyurtmachi funktsiyalarini bajarish;
  • raqobat muhitini vujudga keltirish va barcha yo’lovchi tashuvchilar, shu jumladan, xususiy yo’lovchi tashuvchilar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash;
  • Toshkent shahar hokimligiga shahar avtobus va elektr transportida yo’lovchilar tashishga cheklangan tariflar belgilash bo’yicha moliya organlari bilan kelishilgan takliflar kiritish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Toshkent shahrida yo’lovchilar tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan, yerusti yo’lovchi transportida yo’l haqi to’lash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shahar yo’lovchi transporti harakat yo’nalishlarida nazorat o’rnatish.